— badiiy konsepsiya) o ‘sib chiqadi. Mazmunning shaklga ta’sirini, uning belgilovchilik xususiyatini shu asosda yana bir bor kuzatish imkoniga egamiz. Birinchidan, tasvir va tadqiq uchun tanlab olinayotgan hayot materiali ixtiyoriy (spontan) bo‘lmay, qo‘yilgan problemani badiiy idrok etishga eng optimal imkoniyat berishi zarur; ikkinchidan, obrazlar sistemasi, har bir
obrazning bu sistemada tutgan mavqei, konflikt turi, kompozision qurilish, janr — bular hammasi problema va tendensiya talabidan kelib chiqadi. Shu o'rinda masalaning ikkinchi muhim jihatiga e’tibor zarur: badiiy asardagi shakl komponentlarining har biri mazmun komponentlaridan konkret bittasi bilan bevosita bog‘lanadiki, bu badiiy asarda shakl va mazmunning birligini namoyish etadi. Mavzuni badiiy tadqiq uchun olingan hayot materiali desak, u holda ayni shu materialni uyushtirish syujet zimmasiga tushadi. Muallifni o ‘ylatgan problema asar konfliktida o'z aksini topsa, uning g'oyaviy-hissiy bahosi ko‘proq kompozisiyaning muhim unsuri bo‘lmish obrazlar tizimida bo‘rtib ko'zga tashlanadi. Nihoyat, muallifning badiiy hukmi — badiiy konsepsiyaning tashkil etilishi va ifodalanishida kompozitsiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, badiiy asar mazmuni ko‘p qatlamli hodisa bo'lib, ulardan ikkitasi — aktual va tub estetik qatlamlar universal xarakterga ega. Aktual qatlam deyilganda asarning ijtimoiy-siyosiy mohiyati tushuniladiki, u bevosita asar yaratilgan davrning ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga qaratiladi. Ijodkor muayyan bir davr kishisi, u zamonasining muammolaridan forig‘ bo‘lolmaydi, atrofida yuz berayotgan hodisalarga o ‘zining g‘oyaviy-hissiy