boshqa problemalar majmui. Biz buni ikkita atama bilan nomlash to‘g‘riroq bo‘ladi, deb hisoblaymiz va buni badiiy ijod tabiatidan kelib chiqqan holda asoslaymiz. Badiiy asar ijodkoming borliq bilan munosabati mahsuli o ‘laroq dunyoga keladi. Ya’ni borliqda yashayotgan individ sifatida ijodkomi muayyan muammolar o ‘ylatadi, tashvishga soladi. Ijodkor o ‘sha muammoni idrok etishga intilishi ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo‘l uradi. Shu ma’noda badiiy asar — «ehtiyoj farzandidir». Demak, paydo boMishi va ijodga turtki berishi jihatidan problema birlamchi, o ‘sha problemani badiiy idrok etish uchun ijodkor bunga keng imkon beruvchi hayot materialini ajratib oladiki, bu badiiy asar temasi (mavzu)dir. Ya’ni ijodkomi o ‘ylatgan, tashvishga solgan muammo(lar) asar temasini belgilaydi. Asarda tasvirlanayotgan badiiy reallik muallif tomonidan ko‘rilgan, ideal asosida g‘oyaviy-hissiy baholangan va ijodiy qayta ishlangan voqelikning aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik quruqqina «aks ettirilmaydi», unga muallifning g‘oyaviy-hissiy bahosi ham qo‘shiladi (hatto muallif o‘ta «obyektiv» boMishga intilganida ham, uning nuqtai nazaridan ko‘rilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti akslanaveradi). Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga muallifning g‘oyaviy-hissiy m u n osa b a ti, ob razlar sistem a si v o sita sid a ifo d a la n g a n problematikaning badiiy idrok etilishi va baholanishi tendensiya(lat., «intilmoq», «yo‘naltirmoq») deyiladi. Demak, tendensiya asar problematikasidan kelib chiqib tanlangan hayot materialini umumlashtirgan («yo‘naltirgan») holda badiiy g‘oyaga aylantiruvchi vosita ekan. Ya’ni asarda qo‘yilgan problemaning hayot materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy g‘oya (kengroq olsak