Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
Badiiy til tushunchasi. Badiiy til badiiy informasiya etkazish vositasi. Badiiy tilning spesifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari. Badiiy tilning adabiy til hamda milliy til tushunchalari bilan munosabati. Yirik rus filolog olimi G.Vinokur badiiy asar tili nima degan savolga jo ‘ngina qilib: «Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi» deb yozgan edi. Tabiiy bir savol tug‘iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til «umumxalq tili», «milliy til», «adabiy til» atamalari bilan yuritiluvchi, biz kundalik aloqa - aralashuvda foydalanadigan tildan boshqami, boshqa bo‘lsa nimasi bilan farqlanadi? Bu savolga javob berish uchun har ikki til bajarayotgan funksiyalardagi farq va mushtaraklikka diqqat qilish zarur. Kundalik muloqotda ishlatiluvchi til ham, badiiy til ham informatsiya yetkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi. Biroq bu o'rinda o'sha yetkazilayotgan informatsiyaning tabiatiga diqqat qilish zarur. Muloqot tili yetkazgan informatsiya oddiy informatsiya bo'lsa, badiiy til badiiy informatsiyani yetkazadi, shunga ko'ra, muloqot tili aloqa-aralashuv vositasi bo'lsa, badiiy til badiiy muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi. Badiiy til yetkazayotgan informatsiya qanday qilib badiiy informatsiyaga aylanadi? Bu savolga javob berish uchun poetik tilning spetsifik (belgilovchi) xususiyatlariga diqqat qilish zarur. Poetik tilning o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik va emotsionallikni ko'rsatish lozim. Poetik til deyilganda ko'pchilik (ayniqsa, adabiyotshunoslikdan yiroq kishilar) go'zal tashbehu istioralar yoxud boshqa tasvir va