qat’iy talablariga qaramasdan, uning javobini berishga jur’at qilolmadi, natijada o ‘zi istamagani holda fojiaga yo‘l ochib berdi. Ko‘rinadiki, qahramon ruhiyatidagi ziddiyatlar uning muhit va shu muhitdagi kishilar bilan ziddiyati asosida yuzaga keladi, ayni paytda ularga faol ta’sir ham qiladi — syujetning u yoki bu tarzda rivojlanishini belgilaydi. Bu esa konflikt syujetni harakatlantiruvchi kuch ekanligini ko'rsatuvchi yorqin dalildir. Badiiy asardagi shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. Kompozitsiya (lat., tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o ‘zi bo'lm aydi, zero, har bir unsur asar butunligida o'zinin g funksiyasiga ega boMadi, muayyan g'oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini syujet tashkil qilishini ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret, interer, lirik chekinish, qistirma epizod kabi syujetdan tashqari qator unsurlar ham mavjud. Yozuvchi asar qurilishini belgilaganda ularning har birini o'z o'mida, o'z me’yorida ishlatishi, qismlarni butun bilan mustahkam aloqada bo'ladigan, bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirishi muhim. Awal aytganimizdek, yozuvchi ijodiy niyatdayoq o'qish jarayonini ham nazarda tutadi. Ayni shu narsa, o'qish jarayonining ijod jarayoniga ta’siri, badiiy asar kompozitsiyasini belgilaganda ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Kompozitsion jihatdan yaxshi tashkil etilgan asardan o'quvchi to so'nggi nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib