ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan, syujet konfliktlarni umumlashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko‘rinadiki, syujet va konflikt badiiy asarda uyg‘unlashadi, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Konflikt (lat., to‘qnashuv) deganda badiiy asar personajlarining o ‘zaro kurashlari, qahramonning o ‘z muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Badiiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida mavjud konfliktlarning bari unda badiiy aksini topadi. Shu nuqtai nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi: 1. Xarakterlararo konflikt. 2. Qahramon va muhit konflikti. 3. Ichki(psixologik) konflikt. Aytish kerakki, konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash holda namoyon boMadi va o ‘zaro uzviy aloqada boMadi: biri ikkinchisiga
o ‘tadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisi orqali ifodalanadi va h.k. Ya’ni qahramonning muhit bilan konflikti uning boshqa personajlar bilan to‘qnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli jarayonlar tasviri orqali ochib beriladi. Masalan, Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidagi Miryoqub — o ‘z muhiti bilan ziddiyatga kirishgan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati uning Akbarali bilan o ‘zaro ziddiyatli munosabatlari fonida yetishadi, ayni shu munosabatlar qahramon ruhiyatidagi murakkab jarayonga — o ‘y-fikrlar kurashiga turtki beradi. Konfliktning barcha turlari ham qahramonni muayyan bir harakatga undaydi, ayni shu narsa konfliktni syujetni yurgizuvchi kuch sifatida talqin qilishga imkon beradi. Buni