Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


vakillari «fabula» deganda, asarda tasvirlangan voqealarning hayotda



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

vakillari «fabula» deganda, asarda tasvirlangan voqealarning hayotda
yuz berish tartibini, «syujet» deganda esa ulaming asarda joylashtirilish
tartibini tushunadilar. Voqealarning hayotda yuz berish tartibi bilan
ularning asarda joylashtirilish tartibini farqlash badiiy asar qurilishini
o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz ham o'z ishimizda buni
farqlagan holda, istilohiy chalkashliklardan qochish maqsadida
voqealarning asarda joylashtirilish tartibini «syujet kompozitsiyasi»
deb yuritamiz.
MaMumki, badiiy asarlarda ko'pincha voqealarning hayotda yuz
berish tartibi o'zgartiriladi. Albatta, bunda yozuvchi muayyan badiiy-
estetik maqsadni ko'zlaydi. Masalan, «O'tgan kunlar» romanidagi
voqealarning hayotda yuz berish tartibi nuqtai nazaridan Otabek bilan
Kumushning tasodifiy uchrashuvi romanning boshlanishida berilishi
lozim edi. Biroq A.Qodiriy bu tartibni o'zgartirib, uni birinchi bo'lim
oxirida, to'y tasviridan keyin beradi. Bu bilan adib nimaga erishadi?
Romanning boshlanishidan Otabekning xatti-harakatlarini diqqat
bilan kuzatgan, Rahmatjon va Homid bilan karvonsaroydagi suhbatda
qutidoming qizi tilga olinishi bilan allanechuk bezovtalanganini sezgan,
Hasanali bilan birga uning uyqusida alahlashlariga guvoh bo'lgan,
qutidoming qiziga unashtirilganini eshitganda «qaysi qiziga» deya
bezovtalanganini ko'rgan o'quvchi buning sababini, sababchisini
bilishga intiladi, asami yanada sinchiklab o'qiydi, unga butun vujudi
bilan bog'lanib qoladi. Rivoyadagi «sirlilik» o'quvchi Kumushning
xatti-harakatlarini, uning o'ychanligiyu ariq suvi bilan sirlashishlarini,
qizlar majlisidagi bo'zlashlarini kuzatganda yana bir bahya ortadi.
Nihoyat, Kumushning «Siz o'shami?» degan hayrat to'la so'zlarini

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin