bo'lim nihoyasida bayon qilinadi) mumkin. Shunisi ham borki, ba’zi katta hajmli asarlar syujetida bir emas, bir nechta tugunga duch kelishimiz ham mumkin. Masalan, «Kecha va kunduz»da Akbaralining Zebiga sovchi qo'yishi bitta tugun bo'lsa, M iryoqubning Maryamga ishqi tushgani ikkinchi tugunni tashkil qiladi. Bundan anglashiladiki, asarda mavjud syujet liniyalari ba’zan o'z tuguniga ega bo'lishi mumkin ekan. Tugundan keyingi voqealar zanjiri voqea rivoji deb yuritiladi. Odatda syujet voqealari bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Asardagi voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, undagi konflikt benihoya kuchaygan o'mi kulminatsiya deb yuritiladi. Masalan, «Mehrobdan chayon»da A nvam ing xon bilan to'qnashuvi kulminatsion nuqta sanaladi. Ayni shu nuqtada qahramonning muhit bilan ziddiyati o'zining eng yuqori darajasiga ko'tariladi va o'z ifodasini topadi. Kulminatsiya endi asar voqealarining yechimga tomon
intilishini, bir tomonga hal bo'lishini taqozo qiladi. Yechim syujet voqealari rivojining yakuni, ularning nihoyasida qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuzaga kelgan holatdir. Yechimda konfliktli holat, qahramonlar orasidagi ziddiyatlar o'zining badiiy yechimini topadi. Biroq buni qoida maqomida tushunmaslik lozim. Sababi, bu xil yechim ko'proq makon va zamonda cheklangan syujetlarga (dramatik asarlar, shuningdek, konsentriklik darajasi yuqori bo'lgan epik asarlar) xosdir. Ko'plab asarlarda esa echimdan so'ng ham ziddiyatlar, qahramonlar taqdiridagi chigalliklar hal qilinmaganicha qolaveradiki, bu o'quvchini o'ylashga, mushohada qilishga undaydi. Ya’ni tom ma’nodagi yechimning mavjud emasligi asarning ta’sir kuchini, o'quvchining