ijodiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi usulga aylanadi. Masalan, P.Qodirovning «Erk», O.Yoqubovning «Matluba», «Qanot juft bo'ladi», X.Sultonovning «Saodat sohili» kabi qissalarida xuddi shunday holga duch kelinadi. Demak, yechimni asarda qo'yilgan konfliktning yechimi sifatida emas, balki undagi voqealar rivojining yakuni, natijasi sifatida tushunilgani to'g'riroq bo'ladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo'ldiki, tugun, voqea rivoji va kulminatsiya syujetni tutib turuvchi asosiy unsurlar sanaladi va ular har qanday syujetda mavjud bo'ladi. Ekspozitsiya bilan echim esa syujetning shart bo'lmagan elementlari bo'lib, ulaming asarda bo'lish yoki bo'lmasligi yozuvchining ijodiy niyati, ijodiy individualligi, badiiy tasvir va talqin yo'sini bilan bog'liqdir. Ayrim adabiyotlarda prolog va epilog ham syujet elementi sifatida ko'rsatiladi. Shuningdek, ba’zi asarlar borki, ularda qahramonlaming asarning syujet vaqtidan oldingi (oldingi tarix - «predistoriya») yoki keyingi hayoti (keyingi tarix - «posleduyushchaya istoriya») haqida ma’lumot beriladi(yoki tasvirlanadi)ki, ular ham syujet elementlari qatorida sanaladi. Biroq bu unsurlar syujetga bevosita bog'liq emas, ular ko'proq kompozitsiyaga aloqador elementlardir. Masalan, «O'tgan kunlar»dagi muqaddima, «Kecha va kunduz»dagi bahor lavhasi - prolog, «O'tgan kunlar» romanidagi Otabekning qabristonda
Zaynab bilan to'qnash kelishi — epilog, uning keyingi hayoti haqidagi maMumotlar «keyingi tarix» sifatida olinishi mumkin. Adabiyotshunoslikda «syujet» va «fabula» istilohlarini ishlatishda turlichalik bor: ayrim adabiyotshunoslar bu ikki istilohni sinonim sifatida ishlatsalar, boshqalari farqlaydi. Xususan, rus formal maktabi