asarlar nazarda tutiladi) ustida ishlayotgan yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo'lida «badiiy vaqt» imkoniyatlaridan turli yo'sinlarda foydalanishi mumkin. Deylik, u zarur o'rinda asar vaqtidan chekinib, o'tmishda yuz bergan voqealami tasvirlashi («retrospektiv vaqt»), yuz berishi jihatidan bir paytga to'g'ri keladigan voqealami navbati bilan tasvirlashi («parallel vaqt» - bu asosiy syujet chizig'iga nisbatan olinadi) mumkin. Asar syujetidagi voqealar o'quvchi tasawurida uzluksizlik illyuziyasini hosil qilgani (shu bois ham biz syujet voqealari haqida gapirganda «keyin bunday bo'ladi» deymiz, «shuncha vaqtdan
keyin bunday boMadi» demaymiz) holda, haqiqatda ulaming orasida katta vaqt bo‘shlig‘ining boMishi tabiiydir. Masalan, S.Ayniyning «Qullar» romanida bir asrdan ziyod, «Mehrobdan chayon»da esa atigi olti oyga yaqin vaqt davomida kechgan voqealar qalamga olinadi. Shunga qaramay, bu ikki roman bir-biridan hajm (yoki hikoya qilinish vaqti) jihatidan unchalik katta (ularda tasvirlangan vaqtga mutanosib ravishda) farq qilmaydi. Zero, xronikali syujet asosiga qurilgan «Qullar»da kompozitsiya vaqti voqealarning yuz berish vaqtining uzunligi hisobiga cho‘zilsa, konsentrik syujet asosidagi «Mehrobdan chayon»da retrospektiv va parallel vaqtlar hisobiga kengaygan. Demak, badiiy vaqt — shartli tushuncha, bu shartlilik syujet vaqtini kompozitsiya vaqti doirasiga sig‘dirish talabi bilan yuzaga keladi. Badiiy asar syujeti voqealardan, voqealar esa personajlaming xatti-harakatlari, o ‘zaro murakkab munosabatlari, ziddiyatlaridan tarkib topgani bois ham uni hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar sistemasi sifatida ta’riflanadi. Syujet bilan konflikt orasida