Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
qora kamon, o ‘tib ketgan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan ch o‘chigan kabi... to ‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi...» (K um ush) « 0 ‘n yetti yashar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o ‘rtacha husnlik Zaynab qayin onasining tilak va sha’niga loyiq tavozi’-odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon yoniga keldi...» (Zaynab) Roman voqeligiga ilk bor kirib kelgan qahramonlarini A.Qodiriy o ‘quvchisiga ayni shu yo ‘sin taqdim qiladi. Tabiiyki, ularning har biriga nisbatan yozuvchining o ‘z hissiy munosabati bor va tasvirda b o ‘rtib turgan bu munosabat o ‘quvchi shuuriga singadi, uning qahramonlarga munosabatini belgilaydi. Otabek haqida gapirganda sezilib turuvchi ichki bir hurmat, Kumush tasviridagi shaydolik, Homid tasviridagi jirkanishga yaqin bir his, Zaynab tasviridagi ozroq kinoya — bularning bari tasvir predm eti o ‘zgargani barobari hissiy m unosabatning ham mutanosib o ‘zgarishidan dalolat beradi. E’tibor bering-a, shu parchalarning o ‘ziyoq Zaynabni Kumush bilan qiyos qilgan
kitobxonga keyingisi foydasiga hukm chiqarish im konini bermaydimi?! Bu tasvirni o ‘qib «Zaynab — o ‘rtamiyona bir qiz, kelinbop qiz», degan fikr uyg‘onar-u, biroq «firoqida ikki yillab sarson-sargardon yurishga, uni deya o'limga tik borishga, nihoyat, ko‘yidagi o ‘limni-da yuksak saodat deb bilishga arzigulik qiz» degan fikr aslo kelmaydi. Ko‘rinadiki, til vositasida yaratilgan tasvirda b o ‘rtib turgan hissiy munosabat yozuvchiga o'quvchining qahramonlariga o'zi istagandek munosabatda bo'lishini, asarining