shu narsa uning gap ohangidan sezilib turishini ko‘ramiz. Ayni paytda, otasi ham buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida aybdorlik, xijolat hissini tuyub turadi. Parchani shu xil tushunishga imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) ta’kidni kuchaytiruvchi vositalar(shu, aniq, -mi edi; takror qo‘llanilayotgan «nega»), va 2) muallif izohlari. Demak, badiiy til unsurlari muallif izohlari bilan qo‘shilgan holda qahramonlaming dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur qilish va shu asosda ulaming ruhiyatini, kayfiyatini tushunish imkonini yaratar ekan. Personajlar o ‘rtasidagi dialog konkret hayotiy situatsiyada kechishi tufayli, birinchidan, hayotiy holatning hissiy bo‘yoqdorligi dialog vositasida yanada boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi hayotiy vaziyat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir predmeti bilan bog‘liq emotsionallik (ya’ni muallif nutqidagi hissiylik) hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-biriga bog‘liq holda mavjud, ular bir-birini to‘ldiradi va birlikda asarning umumiv hissiy tonalligini tashkil qiladi. Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati — differensatsiyalanganligiga (ya’ni, farqlangan) alohida to‘xtalish zarur. Albatta, biz «badiiy asar tili» deganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma’lum, chunki til unsurlari ma’lum kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta’kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xarakterdagi asarlarga xosdir. Bu xil asarlarda voqea, voqea kechayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan ta’rif, muallifning