orasidagi o'xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, metaforani yashirin o'xshatish deb atash mumkin. Yashirin o'xshatish, deb atalishiga sabab shuki, metaforada o'xshatilayotgan narsa tushirib qoldirilgani holda o'xshayotgan narsa uning ma’nosini bildiradi. Tabiiyki, bunda o'xshatilayotgan narsalardan aynan o'xshashlik talab qilinmaydi, ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, «oltin kuz», «oltin davr» birikmalarining birinchisida «rang», ikkinchisida «qimmat» asos uchun olingan. Keltirilgan m isol m etaforaning eng sodda ko'rinishlaridan b o 'lib , quyida o 'xsh ash lik aloqalari birm uncha murakkabroq nam oyon
b o ‘luvchi xususiy m u a llif m etaforalaridan bir nechasin i mushohada qilib ko'ramiz. R.Parfining: «Suv ostida yaltiraydi tosh, Xarsanglarda sinadi suvlar» — satrlarida metaforaning ma’nosi ikki bosqichda namoyon bo‘ladi. Shoir tilimizda ancha keng qo‘llaniluvchi suvning oynaga o ‘xshatilishiga tayanadi (birinchi bosqich) va shu asosda suvning xarsangga urilib parchalanishini oynaning sinishiga o‘xshatadi (ikkinchi bosqich). Shoiming quyidagi: Derazamga uriladi qor Jaranglaydi jarangsiz kumush,— satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari yanada kengroq. Ma’lumki, qoming kumushga (rang o ‘xshashligi) o ‘xshatilishi ancha keng qo‘llanadi. Shoir shu asosda «kumush»ning yana bir assotsiyatsiyasini uyg‘otadi: qoming yog‘ishini «kumush tangalaming sochilishi»ga o ‘xshatadiki (jaranglaydi jarangsiz kumush), go‘yo kimdir xayri-ehson qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda «qor» yog‘ishi to‘kinlikdan, barakotdan deb bilinishi sizga ma’lum, albatta.