va emotsionallikni ko‘rsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalami yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib «badiiy tasvir va ifoda vositalari» deb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidek, badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat boMmish obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda «poetik vositalar», «sintaktik figuralar», «stilistik figuralar» kabi nomlar bilan ham yuritiladi Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy adabiyot so‘z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. Ya’ni ko‘p hollarda bitta vositaning o‘zi ham tasvir ham ifodaga xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qo‘llaniluvchi ayrim vositalar (mas., tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodalilikni kuchaytirish vazifasini bajaradi. Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og‘adi (ya’ni til unsurlarini odatdagidan o ‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo‘llaydi) va shu «og‘ish»dan ma’lum badiiy- estetik maqsadni ko‘zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida
— fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkoming muayyan badiiy- estetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga keladi, ular tasviming jonli va to'laqonli bo'lishiga, ifodalilikning kuchayishiga xizmat qiladi.