Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ketganmizki, hozirda ulaiga ko'chim sifatida qaramaymiz ham. Badiiy



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

ketganmizki, hozirda ulaiga ko'chim sifatida qaramaymiz ham. Badiiy
asar matnida mazkur ko'chimlar qo'llanganida, tabiiyki, muallif
muayyan badiiy-estetik maqsad bilan semantik sathda og'ishga yo'l
qo'ygan deya olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor


holda olingan. Binobarin, bu xil ko'chimlar matnda estetik funksiya
bajarmaydi, ulami badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo'lmaydi;
b) 
asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib
kelayotgan ko'chimlar ham ko'p uchraydi. Masalan, «shakar lab»,
«gul yuz», «bulbul», «sarv qomat», «qoshi kamon», «nargis ko'z»
va hokazo. Bu xil ko'chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda
olinadi, biroq, ulardan farqli o'laroq, matnda estetik funksiya bajaradi:
tasviriylikni, ifodalilikni kuchaytiradi;
d) badiiy-estetik funksiyaliligi, tasviriylik va ifodalilikni
kuchaytirishi jihatidan muayyan matndagina ko'chma ma’noda
qo'llangan, muallifning assotsiativ fikrlashi mahsuli o'laroq dunyoga
kelgan ko'chimlar alohida o'rin tutadi. Ulami shartli ravishda «xususiy
muallif ko'chimlari» deb atashimiz mumkin. Shu xildagi ko'chimlaigina
yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlab yo'l qo'ygan
semantik sathdagi og'ishi natijasidirki, uning badiiy til bobidagi
mahorati xususida gap borganda biz, avvalo, shu xil ko'chimlami
e’tiborga olishimiz kerak bo'ladi.
Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko'rinmagan, biroq
san’atkorona o'tkir nigoh bilan ilg'angan o'xshashlik, aloqadorlik
asosidagi ko'chimlar o'quvchini hayratga soladi, unga zavq bag'ishlaydi.
Badiiy asarda eng ko'p qo'llanuvchi ko'chim turlaridan biri
metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko'chishida narsa-hodisalar

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin