Leksik sathdagi normadan og'ish yozuvchining umumxalq tili bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko'rinadi. Ma’lumki, umumxalq tilidagi so'zlar o'zining nominativ holatida ham tasviriylik va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. Ya’ni ijodkor ifoda va tasvirni so'z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so'z xazinasidan «so'z tanlash» hisobigagina kuchaytirishi mumkin bo'ladi. Yozuvchining umumxalq tilida mavjud so'zlardan odatdagidan o'zgacharoq foydalanishi quyidagicha badiiy-estetik maqsadlar bilan yuz beradi: 1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug'atdagi eskirgan so'zlar — arxaizm va istorizmlar odatdagi so'zlashuvda ishlatilmasligi ma’lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini berish uchun juda zarur. Deylik, o'z asarida o ‘n beshinchi asr voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o'sha davrga xos realiyalami tasvirlashi lozim bo'ladi. Ya’ni o'sha davr koloritini o'sha davrga xos bo'lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h.k. nomlarisiz to‘la tasvirlab bo'lmaydi. Ikkinchi tomondan, o'n beshinchi asr muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bo‘lishi, uning nutqida o'sha davrga xos so'zlar va so'zshakllar ishlatilishi obrazning ishonarli va to‘laqonli bo'lishiga xizmat qiladi. 2. Adabiy tilda kam qo'llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy koloritini berish uchun qo'l keladi. Aytaylik, o'zbek tilida so'zlashuvchilar tarqalgan hududlarda umummilliy xususiyatlar bilan bir qatorda o'sha hudud kishilarigagina xos bo'lgan jihatlar (urf- odatlar, tasawurlar, aqidalar, narsa-buyumlar va h.k.) ham mavjudki, bular birinchi galda sheva tilida o ‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarda tasvirlanayotgan hududga xos bo'yoqlami berish, unda