shakllari ham farqlanadi. Monologik nutq shakli bir odam tilidan aytilayotgan nutqni bildirsa, dialogik nutq shakli suhbat-muloqot chog'idagi bir necha kishining nutqini anglatadi. Lirik asarlarda monologik nutq, dramatik asarlarda dialogik nutq yetakchilik qilsa, epik asarlarda ulaming har ikkisi ham keng o'rin tutadi. Bunda muallif
nutqi asosan monologik shaklda bo‘lsa, personajlar nutqi asosan dialogik shakldadir. Nihoyat, navbatdagi masala — «badiiy til», «adabiy til» va «milliy til» munosabati. Ma’lumki, umumxalq tili (milliy til) deganda o ‘zbek tilida so‘zlashuvchilaming barchasi — yashash hududi, ijtimoiy tabaqaga mansubligi, mashg'ulot turi va h.k. qat’i nazar foydalanadigan til tushuniladi. Adabiy til deganda esa umumxalq tilining grammatik, imlo va orfoepik jihatlardan me’yorlashtirilgan shaklini tushunamiz. Badiiy til umumxalq tili bazasida shakllanadi va qisman adabiy til m e’yorlariga yaqinlashadi. Shu bilan birga, badiiy til adabiy til m e’yorlaridan o'mi bilan chekinadi(mas., shevaga xos unsurlaming ishlatilishi). Badiiy til o'zida milliy adabiyotimizda uzoq davrlardan beri shakllanib kelgan an’analaming davomchisi sanaladi va shu bois ham unda uning o'zigagina xos bo'lgan unsurlar (an’anaviy sifatlashlar, ramz va majozlar, o'xshatishlar va h.k.) majmui ham mavjuddir. Tayanch so'z va iboralar: Badiiy til badiiy informatsiya badiiy tilning obrazliligi emotsionallik differensiatsiyalanganlik muallif nutqi personajlar nutqi badiiy nutq shakllari Savol va topshiriqlar: