o'zi istagandek tushunilishini ta’minlash imkonini beradi. Demak, epik asarda emotsional tonallik muttasil o'zgarib, tovlanib turadiki, bu narsa mazmunning ifodalanishida ham, asarning qabul q ilin ishid a ham muhim aham iyatga ega. Epik asardagi emotsionallikning ikkinchi xili undagi sahna-epizodlar, dialoglar bilan bog'liqdir. Epik asar tarkibidagi sahna-epizodlar o'quvchi xayolida jonlanishi, qahramonlaming gap ohangi «eshitilishi» zarur. Qahramon nutqi intonatsiyasini «eshitolgan» o'quvchi ularning ruhiyatiga kira biladi, demakki, asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, qahramonlararo munosabatlar m ohiyatini chuqur anglaydi. Yana «O'tgan kunlar»ga murojaat qilamiz. Otabek dushmanlaridan o'chini olib, Toshkentga jo'nagach, usta Olim keltirgan xatlardan bor gapni anglaganlaridan so'ng Kumush bilan otasi o'rtasida kechgan suhbatga diqqat ilaylik: «- Shu voqi’adan so'ng kuyovingiz aniq kelganmi edi? - Kelgan edi, qizim. - Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal oyimni bu kelishdan xabardor qilmadingiz? - Men uning kelishini boshqa gapka yo'yib, sizlarga bildirmagan edim... - Qizingizni taloq qilgan bir kishini Toshkand degan joydan eshikingizga kelishi sizga g'arib tuyulmaganmi edi? - deb yana so'radi Kumush. Qutidor uyalish va o'kinish orasida:
- Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim,- deb qo‘ydi». Ota-bola o ‘rtasidagi bu suhbat kontekstidan xabardor didli kitobxon ulaming gap ohanglarini «eshitib», shu orqali ulaming ruhiy holati haqida tasawur hosil qilishi tabiiy. Parchaga diqqat qilsak, Kumush ikki yillik hijronida qisman otasini ham aybli deb hisoblashi,