Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
fikr-mulohazalari kabilar bevosita muallif tilidan beriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqelikni yaxlitlashtiruvchi subyektiv asos bo'lganidek, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga - badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to'la muvofiq bo'lishini talab qilishlik xato bo'lur edi. Zero, yozuvchi milliy til imkoniyatlarini kengaytirishga, o'zining his-kechinmalarini, o ‘y-hislarini imkon qadar yorqin ifodalashga intilarkan adabiy til normalaridan chekinishi mumkin. Va ayni shu chekinishlar vaqti kelib adabiy til normasiga aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas. Personajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy asar tilidagi differensatsiyalanganlikni yanada orttiradi. Chunki asardagi har bir personajning nutqi uning xarakter xususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, m a’naviy qiyofasi, m adaniy-m a’rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo'lishi lozim. Chunki, epik va dramatik asarlarda qahramon xarakterini yaratishning asosiy vositalaridan biri personaj nutqi sanaladi. Badiiy nutq ikki shaklda: sochma(nasr) va tizma(nazm) shakllarda mavjuddir. Nasriy nutq tuzilishi jihatidan kundalik muloqot tiliga o'xshash bo'lsa, she’riy nutq muayyan bir o'lchovga solingan, hissiy to'yintirilgan nutq sanaladi. Nasriy nutq epik va dramatik asarlaming asosiy nutq shakli hisoblanadi. Shu bilan birga, she’riy yo'lda ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kerak. She’riy nutq esa lirik asarlaming asosiy nutq shaklidir. Badiiy nutq shakllari haqida gapirganda, uning yana monologik va dialogik