Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


(«og'ir kun», «omadli yil»); harakat bilan u amalga oshiriladigan



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

(«og'ir kun», «omadli yil»); harakat bilan u amalga oshiriladigan
vosita («achchiq til»); narsa va uning egasi, yaratuvchisi («Fuzuliyni
o'qimoq); narsa va u yasalgan modda, xom-ashyo («barmoqlari to'la
tilla»); ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi(«ko'z yummoq»)
kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, metaforik
tafakkur yetakchilik qilayotgan zamonaviy adabiyotda metonimiya
metaforaga nisbatan kamroq uchraydi, o'zining estetik funksiyaliligi
jihatidan ham u metaforadan quyiroq turadi. Shunday bo'lsa-da,
badiiy matnda metafora bilan yondosh qo'llangan holda u katta badiiy
samara beradi, fikrni lo'nda va ta’sirli ifodalashga xizmat qiladi. Misol
uchun A.Oripovning «Bahor» she’ridan olingan «Qaydadir yurtini
eslab ingrar nay» satrini olib ko'raylik. Cholg'u asbobi orqali kuy
ma’nosining berilishi — metonimiya, biroq u «ingrar» metaforasi
bilan qo'shilib kuchli badiiy samara beradi. Yoki «Faryod chekkanim
yo'q el ichra taqir, O'ch ham olganim yo'q na qalamimdan» satrlarida
ham yana vosita orqali jarayon nazarda tutiladi va u ham «o'ch olmoq»
metaforasi bilan baqamti qo'llanadi. Bu ikkisi birlikda esa «butun
vujudim bilan ijodga berilib g'amlarimni unutishga harakat qilmadim»
degan ma’noni beradi va muhimi, shu mazmunni obrazli, ta’sirli


ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagi misollarda vosita-harakat aloqasi
asosidagi ko‘chimni ko'rgan bo'lsak, U.Azimning: «Ko'zlarini ochib-
yumar Mitti qushcha - yarador. Falak, unga najot yubor, O'lim,
bo'lma xaridor»,- satrlarida joy metonimiyasini ko'ramiz. Zero,
bundagi «falak» so'zi tafakkurimizda o'rinlashgan ishonch asosida
«yaratgan»ni anglatadi. Yoki yana shu shoirning «Sen nimani

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin