Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
she’ridan: Sahardan to oqshomga qadar, Ko'kda porlab yonmaguncha oy, Ertak so'ylar sarxush barmoqlar, Ertak tinglar qizil rangli loy... Bu o'rinda ham «ertak so'ylar» metafora bo'lsa, «barmoqlar» sinekdoxadir. «Ertak so'ylar» deganda kulolning o'z ishiga butun mehri, qalb qo'ri bilan berilgan ijodning sehrli onlari nazarda tutiladi. Tabiiyki, ertak so'ylayotgan «barmoqlar» — qism va u butunni — kulolni anglatadi. Yoki M.Yusuf «Faqat shu yer yaqin yurakka, Faqat shunda quvonar ko'zlar» deganida ko'z odam ma’nosini bildirishi ham sinekdoxaga misol bo'la oladi. Yakka narsa nomi bilan umumni nazarda tutishlik ham sinekdoxa sanaladi. Sh.Rahmon bir she’rida: «Qadimda mevalar yetilgan paytda, Savob deb yashagan komil ajdodim, Musofir chanqog'in bossin deb atay, Buzib qo'yar ekan bog'lar devorin» deb yozarkan, «qadim ajdodim» birikmasi ostida ajdodlami, butun xalqni nazarda tutadi. Shunga o'xshash, «O'zbekning qorako'z bolalariga bitta dunyo qolsin hayratlik» deganida ham o'zbek xalqi nazarda tutilgani tayindir. Badiiy asarlarda atoqli otlaming turdosh ot ma’nosida qo'llanilishi ham sinekdoxaning bir ko'rinishi deb qaraladi. Masalan, shoir «faqat Jumavoyi bo'lgani uchun havaslaring kelar robinzonlarga» deganida Robinzonga o'xshash hayot kechiruvchi kishilami - ko'pchilikni nazarda tutadi. Ma’no ko'chishining yana bir turi «kinoya» (ironiya) bo'lib, u teskari o'xshatishga asoslangan ko'chimdir. Masalan, A.Qodiriy Kalvak maxzumning badbashara qiyofasini chizib beigach, boshqa bir o'rinda uni «husni Yusuf» deb ataydiki, bu birikmaning teskari ma’noda
qo‘llangani bizga ravshan. Kinoya qahramonlar tilida ham keng