Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
ko'ribsan, ey, Rim?» satrida ham joy nomi orqali unda yashovchilar ma’nosi ifodalanadi. Ba’zi hollarda obrazni yaratishda metafora va metonimiyaning qorishiq holda kelishi, birgina so'zning ham metonimik, ham metaforik asosdagi ko'chma ma’nolari qo'llanishi kuzatiladi. Shu jihatdan Sh.Rahmonning quyidagi she’riga diqqat qilaylik: Xazonga aylandi kunlarim... Motamda turganday boqaman. Fasllar to'qnashgan lahzada xazonlar to'pini yoqaman. Ko'zlarim achishar bexosdan yuragim, qo'llarim titraydi. Alanga olmaydi kunlarim, tutaydi, oh, muncha tutaydi. She’ming lirik qahramoni — kechmishini sarhisob qilayotgan, o'tgan kunlaridan qoniqmaslik tuyayotgan odam. Shoiming assosiativ tafakkuri «xazon»da metonimik asosda kuzni, ayni paytda uning o'zida metaforik asosda yana o'tgan, hayot daraxtidan go'yo uzilib tushgan kunlarini ko'radi. She’ming kayfiyatini his qilishda, uni tushunishda «xazon» yetakchi ahamiyat kasb etadi, go'yo kalit vazifasini bajaradi. Shunga o'xshash, X.Davronning «Qarshida deraza so'ylaydi ertak, Unda ikki soya - baxtiyor malul» satrlarida ham yolg'iz ayol ruhiyatini ochishda metonimiyadan mohirona foydalanilgan va unda ham metonimiya metafora bilan baqamti qo'llangan. Tropning yana bir turi sinekdoxa bo'lib, u mohiyat e ’tibori bilan metonimiyaning bir ko'rinishidir. Sinekdoxaning metonimiya
ko'rinishi sifatida qaralishiga sabab shuki, bunda ham aloqadorlik asosida — butun va qism, yakka va umum aloqasi asosida ma’no ko'chishi yuz beradi. Shu bois ham mutaxassislar sinekdoxani metonimiyaning miqdoriy ko'rinishi deb qaraydilar. X.Davronning «Kulol muhabbati»