boMaklar sifatida bo‘gMn (hijo), turoq(rukn), misra va bandni olamiz. Mazkur tushunchalar bilan siz maktabda tanishganligingizni hisobga olib, bu o ‘rinda ularga qisqacha to‘xtalish bilan kifoyalanamiz. Bo‘gMn (hijo) bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki
tovushlar guruhi bo‘lib, u barcha she’r tizimlarida eng kichik ritmik bo‘lak sanaladi. 0 ‘zbek she’riyatida qollaniluvchi barmoq tizimi uchun bo‘g‘inning sifati (qisqa, cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziqligi, ochiq yoki yopiqligi, urg‘uli yoki urg‘usizligi) ahamiyatsiz bo‘lsa, aruz tizimida uning qisqa, cho‘ziq va o ‘ta cho‘ziq navlari ajratiladi. Turoq bilan ruknning ritmik bo‘lak sifatidagi ahamiyati va darajasi teng keladi. Barmoq tizimiga xos bo‘lmish turoq bo'g'inlaming ma’lum miqdorda guruhlanishidan hosil bo'lsa, aruz tizimiga xos rukn qisqa va cho‘ziq hijolaming ma’lum tartibda guruhlanishidan hosil bo‘ladi. Bu o ‘rinda bitta narsani unutmaslik kerakki, turoq so‘zni hech vaqt bo‘lmagani holda, rukn so‘zning bir qisminigina o ‘ziga olishi, ya’ni uni bo'lib yuborishi mumkin. She’ming alohida satrga joylashtirilgan bo‘lagi misra deb yuritiladi. Misra bir necha turoq (rukn)ni birlashtirishi ham, birgina turoqqa, ya’ni birgina so‘zga teng bo‘lishi ham mumkin. Biroq uning misra deb atalishi uchun katta-kichikligining ahamiyati yo‘q. Misra oxirida zarb bo'lishi, o'zidan keyin sezilarli pauzaning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Shu jihatdan qaralsa, erkin she’rlardagi uchraydigan zinapoya shakliga solinib, har biri alohida satrga joylangan so'zni misra deyish to'g'ri bo'lmaydi, chunki ularda zarb bo'lgani holda, misra pauzasi mavjud emas. She’ming ma’lum miqdordagi misralardan tarkib topib, mazmun