Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy talqin etish uchun dialektizmlardan foydalanish zarurati yuzaga keladi. 3. Badiiy obraz konkretlilik xususiyatiga ega. Asardagi personaj konkret muhitda harakat qiladi. Muhitga mansublikni ifodalashda varvarizmlar, vulgarizmlar, argo va jargonlaming ahamiyati katta. Muhit koloritini ifodalash bilan birga, ular personaj nutqini individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Tasvir predmetiga munosabatni ifodalash. Tilimizda mavjud so‘zlar emotsional bo‘yoqdorligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Yozuvchi tasvir predmetiga munosabatini ifodalash uchun mavjud so‘zlardan keragini tanlashi zarur bo‘ladi. Masalan, sinonim so‘zlar qatoridan ijobiy bo‘yoqqa yoki salbiy bo'yoqqa ega so'zning tanlanishi yozuvchining tasvir predmetiga munosabatini yorqin ifodalab berishi mumkin. Semantik sathdagi og‘ishlar. Ma’lumki, nutq jarayonida biz so'zlami o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llashimiz mumkin. So'zning odatiy ma’nosidan o'zga ma’noda qo'llanishi semantik sathdagi og'ish sanaladi. Ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlarning umumiy nom i trop (ko'chim) deb yuritiladi. So'z m a’nosi ko'chishining, tropning metafora, metonimiya, sinekdoxa; kinoya singari bir qator ko'rinishlari mavjud. Badiiy asarda qo'llanilgan ko'chimlar ishlatilish darajasi, badiiy bo'yoqdorligi, ta’sirlilik darajasi kabi jihatlariga ko'ra bir-biridan jiddiy farqlanadi: a) ko'chimlaming bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ulgurgan. Masalan, «kun botdi», «soat yuryapti» kabi birikmalarda so'z ma’nosi ko'chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada ko'nikib