Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
izohlanishi mumkin bo'ladi. 80-yillarga kelib esa badiiy prozaning yo'qotgan mavqeini tiklay boshlagani kuzatiladi. Buning boisi shuki, yangi avlod nosirlari - M.M.Do‘st, E.A’zam, A.A’zam, X.Sulton kabi ijodkorlar asarlarida jamiyatni, zamona kishilari ruhiyatini va buning vositasida jamiyatning mavjud holatini chuqur badiiy idrok etishga intilish kuchaydi. Adabiy turlar haqida gap ketganda, ulardan birini ikkinchisidan ustun qo‘yishga intilish nomaqbul hodisadir. Har bir adabiy tur o'ziga xos ustun jihatlarga egaki, bu narsa ulaming har birida dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlari turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Ba’zan «falon shoir o'zining falon ruboiysida katta romanda ham aytish qiyin bo'lgan gapni ayta olgan» qabilidagi maqtovlar eshitiladiki, bu xil qarash o'ta jo'n va ilmiylikdan butkul yiroqdir. Badiiy adabiyot haqida, badiiy asar haqida bu tarzda fikrlash diletantlikdan boshqa narsa emas. Zero, badiiy adabiyotda aytishgina emas, qanday aytish ham muhimdir. Shuni hamisha yodda tutish kerakki, har bir adabiy turga mansub asarning qabul qilinish mexanizmlari, o'quvchi ruhiyatiga ta’sir o'tkazish imkoniyatlari va yo'llari turlichadir.
adabiy tur turlarga ajratish prinsiplari tasvir predmeti obyektivlik va subyektivlik rivoya lirika epos drama turlararo sintezlashuv Savol va topshiriqlar:
1. Tasvir predmeti deganda nimani tushunasiz? “Obyektning plastik obrazi” va “subyektning noplastik obrazi” tushunchalarini izohlab bering. 2. Turli adabiy turlarga mansub asarlaming nutqiy shakllanishidagi