kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so‘z vositasida o‘quvchi tasawurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasawurda reallikdagiga monand, o'zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni «plastik» tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o'laroq, asami o'qish davomida o'quvchi tasawurda jonlanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolaming uyg'un birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravishda obyektiv ibtido deb olsak, asar to'qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini biz subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab, u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yo'lidan borilib, muallif imkon qadar o'zini chetga olgan asarlarda ham mavjud bo'lishi tabiiydir. Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir.
Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo'lda yozilishi, shuningdek, nasriy yo'lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi. Demak, nasriy yo'lda yozilganligining o‘zigina asarni