Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ko'nglini bo'shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

ko'nglini bo'shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz
berishi mumkinligi tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Olim hikoyasining
kiritilishi bu ikkisining bir-birlari bilan samimiy do'st bo'lib
qolishlarini, Otabekning keyingi Marg'ilon kelishlarida ham shu
xonadonda qo'nib yurishi, nihoyat, chor qo'shinlariga qarshi jangda
ikkisining bir safda bo'lishini asoslaydi. Yoki «Shum bola» qissasida
rivoyaning personaj tilidan hikoya qilinishi ham o'ziga xos badiiy
samara bergani shubhasiz. Deylik, mabodo qissada rivoya yozuvchi
tilidan olib borilganda, undagi ayrim epizodlar o'quvchida shubha
uyg'otishi, ishonchsizlik qo'zg'ashi mumkin bo'lardi. Qorajon tilidan


olib borilganda esa biroz orttirilgandek ko'ringan o'rinlar hikoyachining
fe’liga yo'yiladi, boz ustiga, uning xarakter xususiyatlarini yorqinroq
ko'rsatishga ham xizmat qiladi.
Ba’zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo‘1 bilan badiiy
asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi.
Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o'quvchida «asar voqealari o'ylab
chiqilgan emas, haqiqatda yuz bergan» degan tasawumi uyg'otadi.
Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun
ulami go'yo bobosidan eshitgandek, endi esa ulami o'quvchiga qayta
so'zlab berayotgandek bo'ladi. Shunga o'xshash, epik asarlarda voqealar
ba’zan tasodifan yozuvchi qo'liga tushib qolgan birovning xati,
kundalik daftari yoki qo'lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi
hikoyasi yoki o'zi tasodifan shohidi bo'lib qolgan voqea va h.k. tarzida
berilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo'llanilishi zarur
yoki rivoya albatta asoslanishi lozim, degan fikrga bormaslik kerak.

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin