Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz.
Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati
mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin bo'lgan she’rlar tushuniladi.
Ya’ni avtopsixologik she’rlarda shoir o'z qalbiga murojaat qiladi, o'z-
o'zini ifodalaydi. Agar avtopsixologik lirikaga mansublik uchun shoir
shaxsiyati va lirik qahramon orasidagi yaqinlik(aynan moslik emas)ni
kifoya deb qarasak, u holda lirik asarlaming aksariyati avtopsixologik
xarakterga egaligi ma’lum bo'ladi. Shoir shaxsiyati bilan lirik
qahramonning mos tushmasligi ochiq ko'rinib tuigan she’rlami ijroviy
lirika deb yuritamiz. Bu xil she’rlaming ijroviy lirika deb nomlanishiga
sabab shuki, ularda shoir o'zga shaxs ruhiyatiga kiradi, go'yo uning
rolini o'ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi. Shuni yodda
tutish lozimki, mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy,
ishqiy, siyosiy va h.k.) bularning har biriga birdek singishib ketaveradi
(ya’ni avtopsixologik lirika ham, ijroviy lirika ham mazmunan falsafiy,
ishqiy, siyosiy va h.k. bo'laverishi mumkin). Ma’lumki, lirik asarlar
asosan she’riy nutq shaklida yoziladi, biroq «she’riy asar» va «lirik
asar» tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy
adabiyotda she’riy yo'lda yozilsa-da lirikaga aloqador bo'lmagan asarlar
ham mavjud. Shuningdek, lirik asar odatda hajmining kichikligi, vaqt
hissining «hozir»ligi, asosan monologik nutq shakliga va ko'proq
konfliktning ichki turiga (boshqa konflikt turlari genetik jihatdan ta’sir
qilgani uchun asarda juda kam ifodalanadi, ifodalanganda ham bilvosita
namoyon bo'ladi) egaligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Lirik turdagi asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin