xarakterlanadi. Masalan, X.Davronning «Bibixonim qissasi yoxud
tugamagan doston» asari ham, B.Ahmedovning «Mirzo Ulug‘bek»
asari ham mohiyatan esse, biroq ular hajm e’tibori bilan keskin
farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar masalni liro-epik janrga mansub
hisoblaydilarki, bunda qissadan chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida
qabul qiladilar. Biroq har qanday masalda voqea (juda qisqa bo‘lsa
ham) hikoya qilinishi e’tiborga olinsa, uni epik asar sanash to‘g‘riroq
bo‘lur edi. Zero, bu yo‘ldan borilmasa, voqeaband she’rlami ham,
muallif chiqarayotgan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham
liro-epik turga mansub etishga to‘g‘ri kelur edi. Yana bir izohtalab
nuqta shuki, «doston» nomi bilan yuritiluvchi janr ham lirikada,
ham eposda bo‘lishi tabiiy. Shu bois ham adabiyotshunoslikda «lirik
doston», «epik doston», «liro-epik doston» singari janr atamalari
qo‘llaniladi. Shunday ekan, konkret dostonni u yoki bu turga mansub
etishda o‘sha dostonning o‘zidan kelib chiqishimiz, undagi epik va
lirik unsurlar salmog‘ini asosga olishimiz zarur boMadi. Masalan,
xalq og‘zaki ijodidagi dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa,
Mirtemiming «Surat» (muallif uni «lirik qissa» deb nomlagan bo'lsa
ham), S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat” dostonlari lirik
dostonlardir.
Tayanch so‘z va iboralar:
voqeabandlik
plastik va noplastik elementlar
obyektiv va subyektiv ibtido
«nasriy asar» va «epik asar»
rivoya
rivoya motivatsiyasi
Dostları ilə paylaş: