sanaladi. Lirik asarda sub’ektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o'quvchi tasawurida tashqi ko'rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'mida ko'radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko'nglidan kechgan kechinmalarni o'z ko'nglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi she’rni shu jihatdan ko'zdan kechirishimiz mumkin: Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi Gohida ko'z qiyib, gohida qiymay Va buning ustiga seni unutolmay Yashash axir menga ko'p qiyin. «Bora-bora sevib ketarman Men erimni balki keyinroq»,- Degan xayol bilan yashaysan, Mendan ko'ra senga qiyinroq. ( U. Qo ‘chqorov) She’rni o'qigan kitobxon lirik qahramonni - qaysidir sababga ko'ra sevgilisiga yetisholmagan, endilikda o'zining oilasida sokin va totuv umrguzaronlik qilayotgan, turmush o'rtog'ini-da samimiy hurmat qiluvchi va ayni paytda sevgisini ham unutolmagan odamni tasavvur qiladi, o'sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechinmalarini qalbdan o'tkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan real shoir teng emas, ya’ni shu she’mi yozish uchun shoiming albatta sevgilisiga yetisholmagan va hamon o'sha sevgisini qo'msab yashayotgan odam bo'lishi shart emas. Fikrimizning yorqin dalili shuki, siz, ya’ni she’rxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda
tasvirlangandek hayotiy holatni real hayotda boshdan kechirmagansiz, faqat, Tolstoy aytmoqchi, qalbingizda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida yashaydi. Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik