Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
yetishishni, kelajakda biringiz o‘qituvchi, biringiz adabiyotshunos, yana biringiz tilshunos sifatida faoliyat yuritishni niyat qilgansiz. Demak, endi siz til va adabiyotni chuqurlashtirilgan tarzda, ilmiy asosda o‘rganishingiz zarur. Buning uchun siz adabiyotshunoslikning ham boshqa fanlar singari jiddiy fan ekanligini, uning oldida tuigan muammolami, ulami hal qilish yo‘llarini yorqin tasavvur eta olishingiz kerak. Ehtimol kimlargadir adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot shunchaki ko‘ngil xushidek, anchayin yengil, o‘rganilishi oson bir soha bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq bu yuzaki tasawurdir. Adabiyotshunoslik ilmi bilan tanishib borganingiz sari badiiy adabiyot, badiiy asar kabi tushunchalaming ancha murakkab hodisa ekanligini, konkret badiiy asami tahlil qilish, uning badiiy
qimmatini belgilash fanning boshqa sohalaridagi izlanishlardan oson ko‘chmasligini anglab borasiz. Adabiyotshunoslikning chinakam ilm ekanligini anglash uchun esa uni bir tizim sifatida tasavvur qila bilish zarur. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktabda olingan adabiy-nazariy bilimlami muayyan bir tizimga keltirgan holda mustaqkamlashdan iboratdir. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi filologiya fakulteti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ulami adabiyot tarixi kursidan ma’ruzalar tinglashga tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Amaldagi o‘quv rejasida «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi uchun ma’r’uza, seminar va amaliy mashg‘ulot soatlari ajratilgan.