Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
Ma’ruza mashg‘ulotlarining har birida adabiyotshunoslikning konkret masalasi bo‘yicha fikr almashiniladi. «Fikr almashiniladi» deyilishining boisi shuki, ma’ruza paytida faqat ma’ruzani tinglabgina o ‘tirish yaramaydi. Ma’ruza mashg'ulotlari davomida faol bo'lishingiz, savollarga javob berishga, mavzuni muhokama qilishga, mavzu yuzasidan savol berishu kezi kelganda bahslashishga o'zingizni chog'lashingiz kerak. Shuningdek, seminar mashg'ulotlarida talabalaming o'qituvchi rahbarligida muayyan mavzuni atroflicha chuqur muhokama qilishlari, amaliy mashg'ulotlar davomida esa olingan nazariy bilimlarni tadbiq etish ko'nikmalarini hosil qilishlari, rivojlantirishlari lozim bo'ladi. Shuni yodda tutingki, endilikda o'qituvchining vazifasi “bilim berish” emas, yo'nalish berish, “bilim olish yo'llari”ni o'rgatishdir. Baski, berilgan yo'llanmalar asosida “bilim olish” mas’uliyati ko'proq Sizning zimmangizga tushadi. Demak, kelgusida yetuk mutaxassis bo'lish, muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bilimlar zahirasini to'plash yo'lida astoydil ter to'kishingizga, izlanishingizga to'g'ri keladi. Talabalik yillarini o'qish-izlanishda
o‘tkazib, mashg‘ulotlarda faol boMgan taqdirdagina ko'zlagan maqsadga erishishingiz mumkin boMadi. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi an’anaga ko‘ra uchta katta qismga bo‘lib o ‘rganiladi. Kursning birinchi bo‘limi «Badiiy adabiyot haqida ta’limot» deb nomlanib, bunda badiiy adabiyotning mohiyati, uning jamiyatdagi o ‘rni va vazifalari kabi masalalar xususida so‘z yuritiladi. Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati, ya’ni bir tomondan san’at sohasi,