jarayon tahliliga bag'ishlangan adabiy-tanqidiy maqolalar yoki turli mavzulardagi bahslar bilan tanishish, yangi yozilgan adabiy- badiiy asarlarni kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz. Shuni ham ta’kidlash joizki, adabiyotshunoslikdan chuqur bilim olish uchun rus va boshqa tillardagi adabiyotlardan ham foydalanish Sizldi maktabda rus tilidan, keyingi paytda ommalashib borayotgan ingliz tilidan yetarli bilim olgansizlar. Endi o‘sha bilimlaringizni amalda qo‘llashingiz, lug'at yordamida bo‘lsa ham boshqa tillardagi adabiyotlardan foydalanishingiz bilim doirangizni kengaytiradi, yetuk mutaxassis bo‘lishingizda asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, boshqa tillardagi adabiyotlar orqali xorijdagi adabiyotshunoslik haqida tasavvur hosil qilish, ulaming yutuqlarini ilmimizga tadbiq etib boyitish imkoniga ega bo'lasiz. Hozircha kutubxonalarda asosan rus tilidagi adabiyotshunoslikka oid kitoblar bo‘lsa-da, mamlakatimizning dunyoga yuz ochayotgani sabab endilikda boshqa tillardagi adabiyotlar ham asta-sekin paydo bo'lmoqda. Mahalliy
miqyosdagi cheklangan mutaxassis bo'lib qolmaslik uchun bu adabiyotlardan ham unumli foydalanishingiz zarurdir. Jumladan, «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi bo'yicha rus tilidagi quyidagi darslik, qo'llanma va lug'atlami tavsiya etish mumkin: 1. Введений В. Литературоведение/под.ред. Г.H.Поспелова. - М., 1987. 2. Квятковский А.К. Поэтический словарь. —М., 1964. 3. Борев Я.Б.Эстетика.—М., 1988. 3. Литературный энциклопедический словарь. — М., 1987. Shuningdek, kutubxonalarga rus tilida chop etiladigan bir qator adabiy-badiiy («Новый мир», «Дружба народов», «Иностранная