литература», «Нева», «Октябр) va ilmiy («Вопросы литературы», «Вопросы филологии») jurnallar muntazam olinadi. Bu jurnallar mutolaasi orqali siz rus va boshqa xalqlar adabiyotlarida, adabiyotshunoslik ilmida yuz berayotgan yangiliklar haqida yetarli tasavvur olishingiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, bugungi kun talabalarida internet tarmog'i orqali adabiyotshunoslikdagi eng so'nggi yangiliklar bilan muntazam tanishib borish imkoniyati ham kengayib borayotirki, bu imkoniyatdan samarali foydalanish yetuk mutaxassis bo'lib yetishishning garovidir. Deylik, Siz yuqorida nomlari keltirilgan rus tilidagi adabiy jurnallar bilan tanishmoqchisiz. Marhamat, “www. magazine russ.ru” saytiga kiring-da, kerakli jumalni ochib o'qing, zarur bo'lsa o'zingizni qiziqtiigan materiallardan nusxa ko'chirib oling. Yoki rus tilidan yaxshi malakaga ega bo'lsangiz, “rambler ru” qidiruv tizimiga kirib, kalit so'zlar (mas., “literaturovedeniye”, “wedeniye v literaturovedeniye”, “uchebniki po literaturovedeniyu” va h.k.) kiritish orqali istalgancha manba topishingiz mumkin. Intemetnning qulayligi shundaki, qidiruvga o'zingizni qiziqtirgan masala bo'yicha kalit so'z (mas.: “syujet”, “modemizm”, “poetika”, “poeticheskiy sintaksis” va h.) kiritib adabiyotlar topishingiz, adabiyotshunos ijodi bo'yicha ham yetarli ma’lumot olishingiz mumkin bo'ladi.
Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Fanning predmeti deyilganda