Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
o‘sha fan nimani o‘rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik («adabiyot» + «shinos», ya’ni o‘rganish, yaxshi bilish + «lik») fanining nomidanoq uning o‘rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq- oshkor ko‘rinib turadi. «Adabiyot» so‘zi arabcha «adab» so‘zining ko‘plik shakli bo‘lib, u keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda qo‘llanilganda «adabiyot» so‘zi o‘qishga mo‘ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o‘z ichiga oladi. Shunga qaramay, «adabiyot» so‘zi (termini) tor ma’noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so‘z san’atiga daxldor bo‘lgan asarlar — badiiy adabiyot tushuniladi. E’tiborli jihati shuki, atamaning ayni shu tarzda (tor va keng ma’nolarda) qo‘llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi «literatura» so‘ziga ham xosdir. Zero, bu termin ham «litera» («harf») so‘zidan olingan boMib, keng ma’noda umuman chop etilgan mahsulotni, tor ma’noda badiiy adabiyotni anglatadi. Biz mutaxassis sifatida «adabiyot» so‘zining tor ma’nosini ishlatamiz va bunda badiiy adabiyotni nazarda tutamiz. Demak, adabiyotshunoslikning o‘rganish sohasi — predmeti badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o‘iganadi. Adabiyotshunoslikning predmeti bo‘lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami juda keng. Ulaming
bir qismi umumestetik (badiiy san’at sohalarining barchasiga xos) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi. Deylik, badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod