Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
rivojiga emas, balki ko‘proq chinakam so‘z san’atining zarariyu mustabid tuzumning hokim mafkurasiga xizmat qildi va shu bois ham ular bugungi kunda batamom eskirdi. Yuqoridagicha yo‘qotishlarga qaramasdan, 0
‘zbek adabiy tanqidchiligi badiiy didni tarbiyalash orqali adabiyotimiz rivojiga sezilarli hissa qo‘shganligini ham tan olish zarur. 0 ‘zbek tanqidchiligining M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliyev, I.G'afurov, A.Rasulov, M.Mahmudov kabi qator namoyandalarining chiqishlarida, garchi ular ham mafkura tazyiqidan to‘la forig‘ bo‘lmasa-da, adabiyotimizning dolzarb muammolari ko‘tarildi, ko‘plab asarlaming badiiy jozibasi ochib berildi va imkon qadar xolis baholandi. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, adabiyot taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, jamiyat hayotidagi o‘mi va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi kabi masalalami umumiy tarzda o‘rganadi va shu asosda umumiy qonuniyatlami ochib beradi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari, baholash mezonlari, tahlil metodlarini ishlab chiqadi, adabiy-nazariy tushunchalar tizimini yaratadi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid materiallarini umumlashtirsa, bu ikkisi o‘z faoliyatida adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyotshunoslikning har uchala asosiy sohalari bir-biri bilan bog‘lanadi, yaxlit bir tizim — adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi. Mumtoz Sharq adabiyotshunosligida, jumladan o ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining bir qator masalalari ancha keng o‘rganilgan. Keng o‘rganilgan masalalar sirasiga ilmi