Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
Lirika (yun., cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo'lib, o'zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg'u-kechinmalami tasvirlashi olinadi. Ya’ni epos va dramadan farqli ravishda, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog'i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik «parchalari», detallargina olinadi. Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba’zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to'g'ri boiavermaydi. Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o'zganing ruhiyatiga kirgan holda o'sha «o'zga shaxs» kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo'ladi. Bu o'rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda hatto shoir o'z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo'yib bo'lmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko'ra va ikkinchidan, shoir o'zganing holatiga kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin.
Masalan, Cho'lponning «Men va boshqalar» she’ri garchi lirik «men» tilidan berilgan bo'lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o‘zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o'laroq, noplastik obraz