1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” deb aytiladi? Lirik qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik lirika” va “ijroviy lirika” atamalariga izoh bering. 2. “She’riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bering. Bu atamalar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nega? 3. Lirik asarlarni janrlaiga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar? Mumtoz she’riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qaysisiga ko'proq tayanilgan? “Turg'un she’riy shakllar” atamasini tushuntirib bering. Bu xil she’riy shakllaming yetakchiligi faqat o'zbek mumtoz adabiyotigagina xosmi? 4. hozirgi o'zbek she’riyatida qo'llanilayotgan lirik janrlarni tasniflang. Ulaming barini ham birdek faol hisoblash mumkinmi? Nima uchun? 5.“Meditativ lirika”, “intellektual lirika”, “voqeaband lirika”, “tavsifiy lirika”, atamalariga izoh bering. Hozirgi o'zbek she’riyatidan ulaming har biriga misol topib, daftaringizga ko'chiring. Adabiyotlar: 1. Adabiy turlar va janrlar (Tarixi va nazariyasiga doir): 3 tomlik.— T.2.— Т.:
Fan, 1991.
2. Adabiyot nazariyasi: 2 tomlik. T.2.—T.,1979.
3.
Nosirov 0. O'zbek adabiyotida g'azal.—Т., 1972.
4.
Haqqulov I. O'zbek adabiyotida ruboiy.—Т., 1981.
5. O'zbek adabiyotida janrlar tipologiyasi va uslublar rang-barangligi,—Т.: Fan,
1983.
6.
Ahmedov H. Nasriy she’r turlari//0'zbek tili va adabiyoti.—1994.—№3.—B.
48-52.
7.
Xolliyeva G. Musammat janri haqida mulohazalar//0‘zbek tili va adabiyoti.—
2001.—№6.—B.22 -24.
8.
Oymatova M. Fardlaming vujudga kelishi masalasiga doir//0‘zbek tili va
adabiyoti -1 99 8.-№ 5.-B . 8-11.
9.
Jo'rayev J. Turkiy adabiyotda muammo janri// O'zbek tili va adabiyoti.—
1998,—№6.—B. 10— 12.
Dramatik turning о‘ziga xos xususiyatlari. Drama va teatr,
dramatik asar va uning sahna talqini. Dramatik asarlarni janrlarga
ajratish prinsiplari. Dramatik janrlar haqida.