yo'sin (personajlar tilidan) berish majburiyati dramatik asar personajlari nutqining biroz «sun’iy» bo'lishiga olib keladi. Asosiy nutq shakli bo'lmish dialogik nutq bilan bir qatorda, dramatik asarda monologik nutq ham qo'llanadi. Monologik nutq shaklida ko'pincha personajlaming mushohadalari beriladiki, haqiqatda kishining ongida kechuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi - ovoz chiqarib o'ylash ham shartlilikning bir ko'rinishidir. Ayni paytda, dramadagi monologik
nutq qurilishida muayyan o‘ziga xosliklar mavjud. Zero, bu nutq ko‘proq personajning o'zi bilan o'zi yoki xayolidagi kim bilandir suhbati, bahsi, kimgadir murojaati tarzida quriladi. Ya’ni bitta personaj tilidan aytilgani holda ham dramadagi monologik nutq qisman dialogik asosga egadir. Dramatik asarning o'qilishi va sahna talqinida bir qator o'ziga xosliklar mavjud. Dramani o'qiyotgan o'quvchining ijodiy faolligi bilan shu asar asosidagi spektaklni tomosha qilayotgan tomoshabinning ijodiy faolligi bir xil emas. O'quvchi o'qish jarayonida «rejissyor» vazifasini zimmasiga oladi, dramani tasawuridagi sahnada jonlantiradi; ayni paytda u «aktyor» sifatida har bir personajning rolini o'ynashi ham kerak. Dramada obyektiv ibtidoning ustivorligi uning turli o'quvchilar tasawurida turlicha «sahnalashtirilishi»ga asos bo'ladi. Sahnalashtirilgan dramatik asarda badiiy muloqot zanjiri uzayadi: tomoshabin va dramaturg orasida rejissyor (aktyorlar, rassom, bastakor va h.k.) o'rinlashadi. Boshqacha aytsak, sahnalashtirilgan dramatik asar so'z san’ati doirasidan chiqib sintetiklik kasb etadi, sababki, endi unda teatr, rassomlik, musiqa san’atlari uyg'unlashib