yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq inson hayotini muayyan tartibga soluvchi ma’naviy qonun-qoidalar, masalan, burch hissi kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt asosida yuzaga keluvchi tragik holatning mohiyati shundaki, qahramon tashqi kuchlar bilan emas, o‘zi bilan o‘zi olishadi, mana shu olishuv oqibati oiaroq chuqur ma’naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor bo'ladi. 0 ‘zining foje holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy iztiroblaru qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir. Tragik qahramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud — u maqsaddan voz kechishi, oson yo‘lni tanlashi mumkin, biroq u bunday qilmaydi, 0
‘zining jisman yoki ma’nan halokatga uchrashi mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan, e’tiqodidan qaytmaydi. Xuddi shu asosda tragik qahramonning xarakter kuchi, uning favqulodda shaxsligi namoyon boMadi. Masalan, Edip yoki Gamletni oling: ulaming ikkisi ham yuqorida tavsif etilgan yo‘ldan boradi. Deylik, Edip yurt boshiga kelgan ofatning sababchisi o‘zi boMishi mumkinligini sezganidayoq taftishni to‘xtatishi, «yopiqliq qozon yopiqligicha» qolaverishi mumkin edi. Biroq u — tragik qahramon — chekiga tushgan iztirobu qiynoqlar qadahini tubigacha sipqoradi. Realizm bosqichigacha yaratilgan tragediyalarda tragik qahramon sifatida ko‘proq mifologik personajlar, shohlar, shahzodalar, malikalaru sarkardalaming olinishi ham bejiz emas, zero, 0
‘zining foje holatini idrok eta olish, qalbiyu ongida ma’naviy-ruhiy iztiroblami kechira olish, shunda-da ruhan sinmay maqsad tomon yurishlikka o‘rtamiyona odamlarning chogM kelmaydi. Shu bois ham XX asr o‘rtalarida yaratilgan adabiyotimizdagi tragediya janri talablariga toMa javob berishga