Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


axloqiy konsepsiya», yangicha dunyoqarashga asos bo'lgan



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

axloqiy konsepsiya», yangicha dunyoqarashga asos bo'lgan
MAFKURA deb hisoblaydilar. Yangi mafkuraning o'zagini «inson
aqlu zakovatigina dunyoni o'zgartirishi mumkin», degan qarash
tashkil etadi. Darhaqiqat, ma’rifatchilik g'oyalari ijtimoiy ongning
keyingi taraqqiysiga jiddiy ta’sir ko'rsatdi: XYIII asrdan boshlab


moddiyunchilik (materialistik) qarashlari tobora ko'proq kishilaming
ongini zabt eta boradi. Muayyan ijtimoiy sharoit mahsuli sifatida
dunyoga kelgan bu mafkura jamiyat hayotining barcha sohalarida,
ayniqsa, adabiyot va san’atda tub burilishlar yasadi. Yevropada
ma’rifatchilik g‘oyalari ta’sirida yangicha estetik prinsi plarga tayangan
adabiyot shakllandiki, uning asosida «dunyoni va insonni o‘zgartirishga
qodir g‘oyaviy adabiyot kerak», degan aqida yotadi. Ya’ni, boshqacha
aytsak, ma’rifatchilaming ijtimoiy ideali - «inson tabiati va «aql»ga
muvofiq jamiyat qurish» ma’rifatchilik adabiyotining estetik idealiga
aylandi. Bu esa adabiyotning-da shunga muvofiq holda o‘zgarishini
taqozo qildi. Mazkur o‘zgarishlar orasida eng muhimi — idealning
«yerga tushgani»dirki, buning natijasi o‘laroq badiiyat, go‘zallik
tushunchalariga ham jiddiy tahrirlar kiritildi.
Jadidchilar kabi ma’rifatchilar ham adabiyotda avvalo
o‘quvchilami tarbiyalash asosida ijtimoiy hayotni isloh qilish vositasini
ko‘rganlar. Shu bois ham ma’rifatchilik adabiyotidagi qator jihatlar
jadid adabiyotidagi tamoyillami esga soladi. Badiiy adabiyotga konkret
maqsadga erishish vositalaridan biri sifatida qaraganlari uchun ham
ma’rifatchilarning asarlarida ko‘pincha qahramonlar orasida ochiq
g‘oyaviy kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan g‘oyalar

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin