Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


boradi. Yevropaning qator mamlakatlarida ayni shu xil sharoit yuzaga



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

boradi. Yevropaning qator mamlakatlarida ayni shu xil sharoit yuzaga
kelganida maydonga chiqqan harakat ma’rifatchilik harakatidir.
Ma’rifatchilik harakatining ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan uzviy
bog'liqligini shundan ham ko'rsa bo'ladiki, uning g'oyalari Yevropa
mamlakatlarining hammasiga bir paytda emas, konkret mamlakatda
buning uchun mos ijtimoiy sharoit yuzaga kelgandagina yoyilgan:
awal Angliyada, keyinroq Fransiyada, so'ng Germaniyada
(ma’lumki, jadidchilik g'oyalarining Qrim, Tatariston, Ozarbayjon,
Turkiston hududlariga yoyilishida ham shunga o'xshash holni
kuzatish mumkin: ularning har birida g'oyaning o'zlashishi va
ommalashuv darajasi turlicha bo'lgan). Jadidchilikka o'xshab, Yevropa
ma’rifatchiligining ham yagona harakat dasturi bo'lgan emas, har
ikki harakat ichida ham qarashlar turlichaligi (biroz konservativroq
qarashlardan to radikal qarashlargacha) mavjud edi. Ma’rifatchilar
eskirgan ijtimoiy asoslami tamomila inkor qilib, yangi - inson tabiatiga
mos, «aql»ga muvofiq jamiyat qurish g'oyasi bilan chiqqanlar.
Jadidchilarga o'xshab, ular ham ijtimoiy islohni amalga oshirishda
ma’rifat yoyishni asosiy vositalardan biri deb bilganlar. O'z
g'oyalarining imkon qadar keng doirada yoyilishini istagan
ma’rifatchilar nashriyot-matbaa ishlariga katta ahamiyat berganlar,
kichik hajmli va arzon risolalar chop etib tarqatganlar. Ma’lumingizki,
jadidchilik harakatining ko'zga ko'ringan namoyandalari (Behbudiy,
Munawar qori, Ibrat va boshq.) ham noshirlik bilan shug'ullanganlar.
Jadidchilaming yuqoridagicha maqsad yo'lidagi sa’y-harakatlari o'zbek
milliy matbuotining shakllanishiga olib kelgani ham ma’lum.
Mutaxassislar Yevropa ma’rifatchiligini «falsafiy, ijtimoiy,

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin