Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
ham muayyan o‘xshashliklar kuzatiladiki, ulami milliy adabiyotlar taraqqiyotidagi stadial umumiylik deb yuritiladi. Fikrimizni oydinlashtirish uchun konkret misolga murojaat qilaylik. Masalan, asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga ta’sirini yorqinroq tasavvur qilish uchun, fikrimizcha, uni Yevropa adabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish foydalidir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik harakati o‘zining ko‘p jihatlari bilan XYIII asrda Yevropada keng quloch yoygan ma’rifatchilik harakatiga o‘xshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar yemirilib, ularning o‘mida kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan paytda maydonga kelgan. Ya’ni har ikki harakatning yuzaga kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning o‘xshash!igi ulardagi o'xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy munosabatlardan farqli ravishda, kapitalistik munosabatlar jamiyatning har bir a’zosi uchun teng imkoniyatlar ochishi bilan xarakterlanadi. Yangi sharoitda endi insonning ijtimoiy kelib chiqishi emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi uning taqdirini va jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rinadiki, yangicha ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o‘zgartirdi, shaxs endi o‘zini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va o‘zining hayotiga faol ta’sir ko‘rsata oladigan unsur sifatida anglay boshlaydi. Shaxs
maqomining o'zgarishi bilan feodal-monarxik tartiblaming eskirgani, jamiyat hayotini isloh etish zarurati tobora ravshan ko‘zga tashlana