Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
aksincha, ortda qolishi ham mumkin. Masalan, XIX asrdagi chor Rossiyasi ko‘plab Yevropa davlatlaridan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqqiyotda ancha ortda qolgan edi, yarim quldorlik tuzumiga asoslangan davlat edi. Biroq ayni shu asr rus adabiyoti ko‘plab iste’dodlarni, jahon miqyosida tan olingan Tolstoy, Dostoyevskiy singari buyuk yozuvchilami yetishtirdi. Yoki, aksincha, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotda ancha oldinlab ketgan Amerika adabiyotining jahon badiiy tafakkurida hodisa sanaluvchi u qadar katta iste’dodlami berolmaganini ham qayd etish zarur. Demak, badiiy adabiyot taraqqiyoti ko‘p jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bo‘liq rivojlanadi va, ayni paytda, nisbiy mustaqillikka ham egadir. Badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omillaridan biri sifatida an’ana va yangilik munosabati olinadi. Har bir davr o‘zidan oldingi davr adabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlami o'ziga singdiradi va o‘zidan unga nimadir qo‘shishga intiladiki, shu asosda taraqqiyot jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik, an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o‘ziga xoslik, milliy qiyofaning yo'qotilmasligini kafolatlaydi. Boy an’anaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan yuqori boMadi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy an’analari XX asr boshlaridan kuzatiluvchi yangi o‘zbek adabiyotning shakllanish jarayoni tez kechishini ta’minladi: adabiyotimiz juda qisqa fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning ko‘pini ijodiy o‘zlashtirdi, o‘zining badiiy arsenalini boyitdi. Aytaylik, roman g‘arb adabiyotiga xos janr ekanligi, uning o‘zbek adabiyotida o‘zlashishi 20-yillarga to‘g‘ri kelishi ma’lum. Biroq g‘arbona shakl milliy