o'zgarishlar adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar bo'lganidek, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo'lishi tabiiy. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli bo'lmagan davrlarda(XIX asrgacha, bizda XX asrgacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o'zgarishlar adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko'zga tashlanmaydi, keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning o'zi yo'qdek. Demak, davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tiborga olish va shu sharoitning adabiyotga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol ko'rsatish zarur bo'ladi. Adabiy jarayonni davrlashtirishda adabiy davr, asr, adabiy avlod tushunchalarini ajratish mumkin. Shuni aytish kerakki, bundagi vaqt astronomik vaqtga har vaqt ham to'g'ri kelmaydi. Eng katta bo'linish sifatida davmi olsak, o'zbek adabiyotida uchta katta davmi ajratish mumkin: 1) eng qadimgi adabiyot davri;
2) islom sharqi adabiyoti ta’siridagi mumtoz adabiyot davri; 3) yangi o‘zbek adabiyoti davri. Ikkinchi davmi asrlarga ajratmoqchi bo‘lsak, unda quyidagilami ko'rish mumkin: 1) turkiy sulolalar davri adabiyoti; 2) mo'g'ul istilosi davri adabiyoti; 3) temuriylar davri adabiyoti; 4) uch xonlik davri adabiyoti. Adabiy avlod adabiy jarayonni davrlashtirishda eng kichik birlik sifatida olinishi mumkin. Adabiy avlod sanalishi uchun ma’lum guruh ijodkorlarining bir davrda tug'ilgani yoki bir davrda adabiyotga kirib kelgani emas, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayangani e’tiborga olinadi. XX asr o'zbek adabiyotidagi avlodlarga nazar solsak, bu narsa yaqqol ko'riladi: 1) jadidchilik ta’sirida adabiyotga kirib kelgan avlod;