adabiyotimizni boyitdigina emas, balki adabiy an’analarimiz zaminida uning o‘zi ham boyidi — o‘zbek romanchiligi dunyoga keldi. Milliy romanchiligimizning ilk namunasi boMmish « 0 ‘tgan kunlar»dan boshlab «Otamdan qolgan dalalar»gacha boMgan namunalarida ming yilliklar bilan oMchanadigan adabiy-madaniy an’analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u o‘zining qiyofasiga ega «o‘zbek romani»dir.
Badiiy adabiyotning rivojlanishida adabiy aloqalar katta ahamiyatga molikdir. Milliy adabiyotlaming o‘zaro aloqasi ularni boyitadi, rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga uning forsiy adabiyot bilan aloqalari juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, forsiy adabiyotda yaratilgan xamsachilik, ruboiynavislik an’analari o‘zbek adabiyotida davom ettirildi; deyarli barcha mumtoz shoirlarimiz Hofiz, Sa’diy kabi forsiyzabon ijodkorlardan ta’sirlandilar, ularni o'zlariga ustoz deb bildilar. Shunga o'xshash, badiiy adabiyot taraqqiyotida uning boshqa san’at turlari bilan o'zaro aloqasi ham katta o'rin tutadi (bu haqda ilgari to'xtalganmiz). Adabiyotshunoslik oldida turgan muhim muammolardan biri adabiy jarayonni davrlashtirish masalasidir. Bu masalada turli qarashlar mavjud bo'lib, bu turlichalik ikkita asosiy ko'rinishga ega: birinchi guruh adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga asoslansa, ikkinchi guruh adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiy- estetik tamoyillardan kelib chiqqan holda davrlashtirish lozim, deb hisoblaydi. Bu o'rinda har ikki tomonni ham to'la yoqlash yoki to'la inkor qilish maqbul emas, aksincha, o'rtaliq mavqeni egallash to'g'riroq bo'lur edi. Chunki, ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi