ketadi. Bundan ayon bo'ladiki, drama boshqa san’at turlari bilan o'zaro aloqada yashaydi va rivojlanadi. Zero, dramaning tabiati, ya’ni ijro uchun mo'ljallangani, uning shu san’at turlari bilan uzviy aloqada bo'lishini taqozo etadi. Drama eposga ta’sir qilganidek, zamonaviy dramaga epos ham sezilarli ta’sirini o'tkazgan. Dramatik tur takomili jarayonida uning epik elementlar hisobiga boyib borishi kuzatiladi. Zamonaviy dramada, xususan, eposga xos voqealar yuz beradigan joylar ko'lamining kengayishi, syujet vaqtining uzayishi kuzatiladi. Masalan, Cho'lponning «Yorqinoy» dramasi voqealari kechadigan joylaming olti bora o'zgarishi unda epik elementlaming salmoqliroq (mas.,»Nurxon»ga nisbatan) ekanidan dalolatdir. Yoki Uyg'un va Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan «Alisher Navoiy» dramasida voqealarning yuz berish vaqti sezilarli uzaytirilgan. Faqat shunisi borki, mualliflar janr talabidan kelib chiqib, Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlami uzviy davomiylikda berganlar. Natijada
ulug‘ shoiming hayot yo‘li bilan tanish bo‘lmagan kishilar spektaklni tomosha qilganlarida undagi voqealar orasidagi «vaqt bo‘shlig‘i»ni sezmaydilar, ulami qisqa vaqt oralig'ida sodir bo‘lgandek qabul qiladilar. Ko'ramizki, bu o'rinda syujet vaqtining uzaytirilishi asami qabul qilishning ruhiy mexanizmlariga o ‘zgartirish kiritolmaydi, «vaqt bo‘shlig‘i» qahramonlar qiyofasidagi o'zgarishlar hisobigagina beriladi, ya’ni bunda ham shartlilik kuchayadi. Ko‘ramizki, drama epik unsurlar hisobiga boyishi mumkin, faqat bu unsurlami kiritish ijro vaqti va shartlilik imkoniyatlari bilan ma’lum ma’noda cheklangandir. Dramatik turning asosiy janrlari sifatida tragediya, komediya va