Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Shoiming mavjudlikning konkret masalasi - hayot va o'lim, inson



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Shoiming mavjudlikning konkret masalasi - hayot va o'lim, inson
taqdiri yoki fe’l-atvori, jamiyat va h.k. masalalar haqidagi mushohadasi
asosiga qurilgan she’rlar intellektual lirika namunasi sanaladi.
Intellektual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki, birmuncha
«sovuqqonlik» kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan ustunligi bilan
izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning «Umr o'tib borar misoli
ertak...», «Ona sayyora», «Nisbiylik» kabi qator she’rlari intellektual
lirika namunasi sifatida ko'rsatilishi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir o'zga shaxs
ruhiyatiga kirib, o'zganing tilidan mushohada yuritadi, natijada o'sha
o'zga shaxs she’rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda
yuqoridagilarga shuni qo'shimcha qilish joizki, 60-yillardan boshlab,
ayniqsa, 70-80-yillar she’riyatida tarixiy shaxslar tilidan yozilgan
ijroviy she’rlarning ko'payishi kuzatiladi. Bu narsa, bir tarafdan,
milliy o'zlikni anglashga intilishning boshlangani bilan, ikkinchi
tarafdan, bu xil she’rlarning «so'z aytish»ga nisbatan kengroq
imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron
«Abulhay so'zi» nomli she’rida olis XY asrda yashagan musawir
Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolg'onga asoslangan san’at,
hayotni bejab ko'rsatadigan san’at haqidagi fikrlarini izhor qiladi,
ijod erkinligi masalasini ko'ndalang qo'yadi. Shunindek, Rauf
Parfming «Muktibodh», «Turkiston yodi», U.Azimning «Brut»
she’rlarida ham tarixiy shaxslar ruhiyatiga ko'chish holati kuzatiladi.
Hozirgi o'zbek she’riyatida tavsifiy lirika namunalari ham ancha
keng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar salmog'i nisbatan ustun,
biroq tavsiflanayotgan, tasvirlanayotgan narsalar zamirida hamisha

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin