Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
hayotiyligi, ma’no ko'lamining kengligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy
situatsiya, unda qatnashayotgan personajlaming ruhiy holati, xarakter xususiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya’ni personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin. Epik asarda voqea-hodisalami hikoya qilib berayotgan shaxs roviy yoki hikoyachi deb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdek, epik asarda rivoya ko'pincha muallif tilidan, ba’zan esa personajlardan biri tilidan olib boriladi. Masalan, G'afur G'ulomning «Shum bola», «Yodgor», X.To'xtaboyevning «Sariq devni minib», E.A’zamovning «Otoyining tug'ilgan yili» kabi qissalarida rivoya personaj tilidan olib boriladi. Shuningdek, rivoya asosan muallif tilidan olib borilgan asarlarda ba’zan epizodik ravishda roviy-personajning paydo bo'lishi ham kuzatiladi. Masalan, «O'tgan kunlar»da rivoya muallif tilidan olib boriladi, romanga kiritilgan «Usta olim hikoyasi»da esa rivoya personaj tilidan olib boriladi. Roviyning o'zgarishi, tabiiyki, muayyan badiiy-estetik maqsadlarga xizmat qiladi. Buni yuqorida eslatganimiz «O'tgan kunlar»da roviyning o'zgarishini yuzakigina mushohada qilinsayoq ko'rish mumkin bo'ladi. Hikoyaning usta Olim tilidan berilgani, avvalo, tabiiylikni ta’minlaydi: o'z xonadoniga kutilmagan mehmon sifatida kirib kelgan va bir ko'rishdayoq ko'ngliga o'tirishgan Otabekning kayfiyatini ko'tarish, nima bilandir mashg'ul qilish istagi usta Olimni 0
‘zining kechmishi haqida hikoya qilibliga,
bliu bahuiia