Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning «Kun va tun» she’riy qissasi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning «Kun va tun» she’riy qissasi,
H.Sharipovning «Bir savol», Muhammad Alining «Boqiy dunyo»
she’riy romanlari she’riy yo'lda bitilgan epik asarlardir.
Turli adabiy turga mansub asarlar o‘zaro badiiy vaqt hissi nuqtai
nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar «hozir ko‘ngildan
kechayotgan» his-tuyg‘ulami tasvirlashi bilan xarakterlanadi. Deylik,
A.Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azali yozilganiga 500 yildan ziyod
vaqt bo'ldi. Shunga qaramay, uni o‘qigan she’rxonda lirik qahramon
kechinmalari ayni hozir ko‘nglidan kechayotgandek tuyuladi, g‘azalni
qachon o‘qishidan qat’i nazar, o ‘quvchi lirik qahramon
kechinmalarini u bilan birga «hozir» ko‘nglidan kechiradi. Demak,
shoir bilan u tasvirlayotgan kechinma, she’rxon bilan u
tanishayotgan va o'ziga yuqtirayotgan kechinma orasida har vaqt «men
— hozir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo‘ladi. Buning ziddi o'laroq,
epik asarda «o‘tmishda boMib o‘tgan» voqealar qalamga olinadi, zero,
zamonda kechib bo'lgan voqealamigina hikoya qilib berish mumkin
bo'ladi. Hatto olis kelajak qalamga olingan fantastik asarlarda ham muallif
bo'lib o'tgan voqealami hikoya qiladi, o'quvchi go'yo bo'lib o'tib
bo'lgan voqealar bilan tanishadi. Demak, epik asarda yozuvchi bilan
u tasvirlayotgan badiiy voqelik, o'quvchi bilan u tasawurida qayta
tiklayotgan badiiy voqelik o'rtasida hamisha «men - o'tmish» tarzidagi
vaqt hissi mavjuddir. Vaqt hissi nuqtai nazaridan dramatik turga mansub
asarlar o'ziga xos xususiyatga ega. Dramatik asarda tasvirlanayotgan
voqea go'yo «hozir sodir bo'layotgan voqea» kabi taassurot qoldiradi.
Masalan, yaratilganiga ikki yarim ming yil bo'lgan «Shoh Edip»ni
o'qiganimizda, uning voqealari tasawurimizdagi «sahna»da hozir

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin