ajratilmoqda. Adabiy turlami ajratishda taqlid usulini asosga qo'yish an’anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis faylasufi Gegel badiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, ya’ni konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, asosan, Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi obyekt (voqelik) va subyekt (ijodkor) munosabatini ham e’tiborga oldi, ya’ni eposda obyektivlik, lirikada subyektivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «obyektiv poeziya» (poeziya
bu o'rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan, Belinskiy epik asar muallifi 0
‘zining ixtiyoridan tashqari «o'z-o'zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «subyektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor shaxsiyatining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, obyektivlik va subyektivlik degan tushunchalami mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, eposni «obyektiv poeziya» deganimizda uning faqat o‘quvchi nazdidagina «obyektivlik» illyuziyasini hosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyektiv ibtido mavjuddir. Albatta, har bir adabiy turning qator o'ziga xos jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlaming asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlaming asosan nasriy yoi bilan yozilishi. Xo'sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati